Bepul 2D/3D Loyiha
Xona o'lchamini yuboring — shu kuni bepul 2D reja, 3D ko'rinish va stellajlar narxini olasiz.
Taxminiy hisob
Devor yoki qator uzunligini yozing — qaysi stellajlar sig'adi va narxi darhol chiqadi. Xona o'lchamidan taxminiy joylashuvni ham ko'rish mumkin.
2D reja va 3D ko'rinish — ModulX bilan loyihalangan
- O'lchamni yuboring Savdo nuqtangiz yoki omboringiz turi, xona uzunligi va kengligini yozing.
- Menejer loyihani tayyorlaydi 2D reja, 3D ko'rinish, stellajlar ro'yxati va narxi — shu kuni.
- Ko'rasiz va tasdiqlaysiz Loyiha sizga havola orqali yuboriladi: telefonda ochib ko'rasiz, izoh qoldirasiz, tasdiqlaysiz.
Ko'p beriladigan savollar
2D/3D loyiha pullikmi?
Yo'q. 2D reja, 3D ko'rinish va stellajlar ro'yxati narxi bilan — bepul.
Loyiha qachon tayyor bo'ladi?
O'lchamlarni yuborgan kuningiz tayyorlaymiz.
Nimalarni yuborish kerak?
Xona uzunligi va kengligi, do'kon turi; eshik, deraza, ustun va rozetkalar joyi. Xona suratlari bo'lsa — yanada aniq bo'ladi.
Kalkulyator natijasi aniqmi?
Kalkulyator taxminiy hisob beradi: stellajlar soni va narxi. Aniq rejani va yakuniy narxni menejer tayyorlaydi.
Do'konga nechta stellaj kerak?
Xona o'lchamiga bog'liq. Kalkulyator orqa va yon devorlar bo'ylab devor stellajlarini, orqa burchaklarga ichki burchak stellajlarini, o'rtaga ikki tomonli qatorlarni joylaydi, kirish va kassa uchun old tomonda 1,5 m bo'sh qoldiradi. Xona uzunligi va kengligini yozsangiz, stellajlar soni va jami narxi darhol chiqadi.
Qatorlar orasidagi yo'lak qancha bo'lishi kerak?
Kalkulyator yo'lakni maydonga qarab oladi: 50 m² gacha — 110 sm, 100 m² gacha — 125 sm, 150 m² gacha — 145 sm, 300 m² gacha — 170 sm, undan katta xonada — 180 sm.
Joyni o'lchashga kelasizmi?
Toshkent va Samarqandda mutaxassis borib o'lchaydi. Boshqa hududlarda o'lchamni o'zingiz yuborasiz.