+998 77 131-24-44 24/7
KingRax Kafolat Talonini Tekshirish
KingRax · Kafolat

Kafolat Talonini Tekshirish

Talondagi QR kodni skanerlang yoki talon raqami va tekshiruv kodini kiriting — talon holati Odoo tizimidan jonli ko'rsatiladi.

  • 1Talondagi QR kodni skanerlang
  • 2yoki raqam va kodni kiriting
  • 3Holat, muddat va stellajlarni ko'ring

Kafolat shartlari · 10 band

01Kafolat predmeti

KingRax ushbu talonda ko'rsatilgan metall stellajlarning talonda ko'rsatilgan maksimal yukni ko'tarish qobiliyatini kafolatlaydi. Kafolat faqat stellajlarga beriladi; stellajdan boshqa mahsulotlar va alohida sotib olingan detallar ushbu kafolatga kirmaydi.

02Kafolat muddati

Kafolat muddati 12 (o'n ikki) oy — mahsulot mijozga topshirilgan kundan boshlab kelasi yilning shu kunigacha. Buyurtma bo'lib-bo'lib topshirilganda har bir qator o'z topshirilgan sanasi bo'yicha hisoblanadi. Kafolat bo'yicha almashtirilgan stellajga muddat yangidan boshlanadi; nuqson bartaraf etilgunga qadar kutilgan kunlar muddatga qo'shiladi. Muddat stellajni kim o'rnatganidan va to'lov holatidan qat'i nazar bir xil.

03Kafolat majburiyati

Kafolat muddatida stellaj ko'rsatilgan maksimal yukni ko'tara olmasa (tokcha yoki konstruksiyaning egilishi, sinishi), KingRax nuqsonni bepul bartaraf etadi: stellajni yoki nuqsonli detalni bepul ta'mirlaydi yoxud almashtiradi. Ta'mirlash yoki almashtirish usulini KingRax nuqsonning xususiyatidan kelib chiqib tanlaydi. Ta'mir yoki almashtirish uchun mahsulotni olib ketish va qaytarib keltirish KingRax kuchi va hisobidan amalga oshiriladi.

04Komplektlash nuqsoni

Komplektda detal yetishmasa yoki noto'g'ri detal kelgan bo'lsa, KingRax yetishmayotgan yoki noto'g'ri detalni bepul yetkazib beradi yoxud almashtiradi.

05Kosmetik holatlar

Qirilish, chizilish, tirnalish, bo'yoq qatlamining kichik ko'chishi, kichik botiqlar va rang tusidagi farq foydalanish jarayonida odatiy holat bo'lib, kafolatga kirmaydi. Tashqi ko'rinish bo'yicha e'tirozlar faqat mahsulot topshirilayotgan paytda qabul qilinadi: buyurtmani topshirayotgan xodimga aytiladi yoki +998 77 131-24-44 raqamiga qo'ng'iroq qilinadi.

06Kafolat amal qilmaydigan holatlar

Tokcha yoki komplektga ko'rsatilgan maksimal yukdan ortiq yuk qo'yilgan; yuk noto'g'ri taqsimlangan — bir nuqtaga to'plangan, harakatlanuvchi yuk qo'yilgan, yuk otib yoki yuqoridan tashlab yuklangan; konstruksiya o'zgartirilgan — kesilgan, payvandlangan, teshilgan, boshqa ishlab chiqaruvchi detallari bilan aralashtirilgan yoki o'zboshimchalik bilan ta'mirlangan; tashqi ta'sir va zarba — aravacha yoki shtabelyor urishi, yiqitish, yong'in, suv bosishi, ochiq havoda yoki nam joyda foydalanish; noto'g'ri yig'ish yoki ko'chirish — yo'riqnomaga zid yig'ilgan, notekis polga o'rnatilgan, mahkamlanmagan yoki boshqa joyga ko'chirib qayta yig'ilgan.

07Murojaat tartibi va muddatlari

Kafolat bo'yicha murojaat +998 77 131-24-44 raqami orqali qabul qilinadi. Murojaat uchun talon raqami (yoki buyurtma raqami) hamda nosozlikning foto yoki videosi taqdim etilishi shart. Muddatlar murojaat qilingan kundan hisoblanadi: KingRax 2 ish kuni ichida javob beradi, 5 ish kuni ichida joyida ko'rik o'tkazadi va ko'rik natijasiga ko'ra 14 kun ichida ta'mirlaydi yoki almashtiradi.

08Yig'ish va foydalanish yo'riqnomasi

Yig'ish va foydalanish yo'riqnomasi +998 77 131-24-44 raqami orqali yoki kingrax.uz/warranty sahifasidan olinadi. Yo'riqnomani olish va unga rioya qilish mijoz zimmasida.

09Talonni tekshirish

Talonning haqiqiyligi va holati kingrax.uz/warranty sahifasida QR kod orqali yoki talon raqami va talondagi tekshiruv kodini kiritib tekshiriladi. Tekshiruv kodi — talon berilgan paytdagi mijoz telefon raqamining oxirgi 4 raqami. Talon yo'qolgan taqdirda u buyurtma raqami bo'yicha qayta chop etib beriladi.

10Umumiy qoidalar

Ushbu kafolat mijozning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlarini cheklamaydi. Talon unda ko'rsatilgan buyurtma bo'yicha topshirilgan mahsulotlarga nisbatan amal qiladi va buyurtma hujjatlari bilan birga saqlanadi.

Kafolat faqat stellajlarning maksimal yukni ko'tarish qobiliyatiga beriladi va 12 oy amal qiladi. Tekshiruv kodi — talon berilgan paytdagi mijoz telefon raqamining oxirgi 4 raqami.