+998 77 131-24-44 24/7
KingRax Metall Stellajlar Savdo Stellajlari

Savdo Stellajlari

Savdo stellajlari — do'kon (magazin), minimarket va dorixona zalida tovarni xaridorga ko'rsatib terish uchun metall stellaj va polkalar. To'rt turi bor: devor bo'ylab, ikki tomonli (orol), ichki burchak va boshi-oxiri; uch tizimda — 30/30, 35/30 va 40/35.

Turlari

Ko'p so'raladigan o'lchamlar

H — balandlik, L — uzunlik, W — kenglik, D — tokcha chuqurligi; o'lchamlar santimetrda.

Savdo stellajlari turlari

Devor bo'ylab stellaj devorga taqab qo'yiladi. Ikki tomonli stellaj zal o'rtasida qator bo'lib turadi. Ichki burchak stellaji ikki devor qatorini burchakda tutashtiradi. Boshi-oxiri stellaji ikki tomonli qator uchiga qo'yiladi.

30/30, 35/30 va 40/35 tizimlari

Raqamlar tokcha chuqurligini bildiradi: 35/30 tizimida pastki tokcha 35 sm, qolganlari 30 sm; 40/35 tizimida pastki tokcha 40 sm, qolganlari 35 sm; 30/30 tizimida barcha tokchalar 30 sm. Devor bo'ylab stellaj kengligi (W) 37, 45 yoki 50 sm, ikki tomonli stellajniki 70, 80 yoki 90 sm.

«Temir polka» va «magazin polkasi»

Ko'pchilik savdo stellajlarini «temir polkalar», «metall polka», «magazin polkalari», «do'kon uchun polkalar» yoki «temir stelaj» deb ataydi — gap shu sahifadagi stellajlar haqida: metall ustunlar, orqa panel va tokchalar (polkalar). Har bir o'lcham alohida sahifada, ochiq narxi bilan; devor bo'ylab yoki zal o'rtasiga qo'yiladiganini yuqoridagi turlardan tanlaysiz.

Ranglar

35/30 tizimi — Nam Asfalt, Yorqin Oq va Premium Two Tone (orqa panellar oq, qolgan qismlar Nam Asfalt). 40/35 tizimida L90, L100 va L120 stellajlar Natural Wood Tone rangida ham bor. 30/30 tizimi — Yorqin Oq.

Nam Asfalt Yorqin Oq Premium Two Tone Natural Wood Tone

Ko'p beriladigan savollar

Do'kon uchun stellaj narxi qancha?

Narx turi va o'lchamiga bog'liq: eng arzon savdo stellaji H220/L70/W37 — 796,000 UZS, eng qimmati H195/L120/W90 — 2,450,000 UZS. 120 ta o'lchamning har birining narxi saytda va «Stellaj Narxlari» ro'yxatida ochiq.

Oziq-ovqat do'koniga qanday stellaj kerak?

Devor bo'ylab — devor bo'ylab stellajlar, zal o'rtasiga — ikki tomonli stellajlar qator bo'lib, qator uchiga — boshi-oxiri stellaji, burchakka — ichki burchak stellaji. Katta qadoqli tovar uchun 40/35 tizimi (tokchasi chuqurroq), qolganiga — 35/30. Joylashuv va narxni bepul 2D/3D loyiha o'sha kuni ko'rsatadi.

«Temir polka» va savdo stellaji bir narsami?

Ha. «Temir polkalar», «magazin uchun polkalar» yoki «do'kon polkasi» deb odatda savdo stellajlarini aytishadi (yozuvda «stelaj» shakli ham uchraydi): metall ustunlar, orqa panellar va tokchalar. Har bir o'lcham alohida sahifada, ochiq narxi bilan.

Ishlatilgan (b/u) stellaj sotasizmi?

Yo'q, KingRax faqat o'z zavodimizdan yangi stellaj sotadi, 12 oy kafolat bilan. Xuddi shunday yangi stellajni arzonroq topsangiz — biz undan ham arzonroq beramiz (shartlari «Eng Arzon Narx Kafolati» sahifasida).

Do'konimga nechta stellaj sig'adi?

Qator uzunligi — stellajlar uzunligi (L) yig'indisi + 3 sm. Zal o'lchamlarini «Bepul 2D/3D Loyiha» sahifasida yozing — stellajlarni tanlab, narxini o'sha kuni hisoblab beramiz.

Yetkazib berish va o'rnatish bormi?

Ha. O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz. Toshkentga 10 komplektdan ko'p, viloyatlarga 20 komplektdan ko'p buyurtmada yetkazib berish bepul. Undan kam bo'lsa — Toshkentda 150,000 so'mgacha, viloyatlarga 500,000 so'mgacha: aniq narxni menejer manzil va buyurtmaga qarab aytadi. 20 komplektdan ko'p buyurtmada o'rnatish ham bepul.

Kafolat bormi?

Ha, stellajlarning yuk ko'tarish qobiliyatiga 12 oy kafolat beriladi. Shartlari — «Kafolat Talonini Tekshirish» sahifasida.

Stellajni o'zim yig'a olamanmi?

Ha, stellajlar konstruktor kabi yig'iladi — har kim bir kunda yig'a oladi. Toshkent va Samarqandda o'rnatish xizmati ham bor.

Namunalarni qayerda ko'rish mumkin?

Ko'rgazma zallari manzili: Toshkent, Zangiota, Tariqteshar, Erkin Savdo Majmuasi 10/12, KingRax; Samarqand, Kimyogarlar, Superbam, Narpay Ko'chasi, KingRax. Ish vaqti — har kuni 09:00–18:00, telefon va Telegram — 24/7.

Kompleks Yechimlar

Foydali maqolalar

Barcha maqolalar