+998 77 131-24-44 24/7
KingRax Metall Stellajlar Savdo Stellajlari Devor Bo'ylab Stellajlar

Devor Bo'ylab Stellajlar

Devor bo'ylab stellaj — bir tomonli savdo stellaji: orqasi devorga taqaladi, tovar old tomondan teriladi. Zal devorlari bo'ylab asosiy tovar qatori uchun: oziq-ovqat do'koni, dorixona, kosmetika, maishiy kimyo va boshqa do'konlarda. Balandligi 135 dan 225 sm gacha, uzunligi 50 dan 120 sm gacha.

O'lchamlar

59 ta o'lcham

H — balandlik, L — uzunlik, W — kenglik, D — tokcha chuqurligi; o'lchamlar santimetrda.

Qator qanday yig'iladi

Qator bir nechta stellajdan yig'iladi: qo'shni stellajlar bitta ustunni bo'lishadi, qator oxiriga yana bitta ustun qo'yiladi. Qator uzunligi — stellajlar uzunligi (L) yig'indisi + 3 sm.

Orqa panel va tokcha turlari

Orqa panel tekis, teshikli yoki setka bo'ladi; teshikli panel L120, L100 va L90 stellajlarda. Oddiy tokchadan tashqari relsda ilgichli va setka savatli tokchalar bor — L120, L100, L90 va L70 uzunliklarda.

Tokchalar soni

H225, H195 va H165 stellajlarda standart 5 ta, H135 stellajda 4 ta tokcha (pastkisi bilan). Pastkisidan boshqasini olib tashlash yoki yana 5 tagacha qo'shish mumkin.

Devorga sig'ishi

Qator uchida devor yoki jihozgacha 3–15 sm, ochiq uchda 0–15 sm joy qoladi. Xona o'lchamini yuboring — bepul 2D/3D loyihada devoringizga qaysi uzunliklar sig'ishini hisoblab beramiz.

Yuk ko'tarish

Har tokcha 30/30 va 35/30 tizimlarida 50 kg gacha, 40/35 tizimida 80 kg gacha yuk ko'taradi. 5 qavatli komplekt — 250 kg gacha (30/30 va 35/30) va 400 kg gacha (40/35). Maksimal yuk kafolat talonida yoziladi.

Video

Devor bo'ylab stellajni o'rnatish

Ranglar

Nam Asfalt Yorqin Oq Premium Two Tone Natural Wood Tone

Shu stellajlar o'rnatilgan loyihalar

Barcha loyihalar

Kompleks Yechimlar

Foydali maqolalar

Barcha maqolalar

Ko'p beriladigan savollar

Devor bo'ylab stellaj narxi qancha?

Narx o'lchamga bog'liq: eng arzoni H220/L70/W37 — 796,000 UZS, eng qimmati H225/L120/W50 — 1,470,000 UZS. Har o'lchamning aniq narxi shu sahifada va «Stellaj Narxlari» ro'yxatida.

Qanday o'lchamlari bor?

Balandligi 135, 165, 195 yoki 225 sm, uzunligi 50 dan 120 sm gacha, kengligi 45 yoki 50 sm; 30/30 tizimida balandligi 220 sm, kengligi 37 sm. Jami 59 ta o'lcham.

35/30 va 40/35 tizimlari nimasi bilan farq qiladi?

Tokcha chuqurligi bilan: 35/30 tizimida pastki tokcha 35 sm, qolganlari 30 sm; 40/35 tizimida pastki tokcha 40 sm, qolganlari 35 sm. Chuqurroq tokchaga kattaroq qadoqdagi tovar sig'adi.

Bitta stellajda nechta tokcha bo'ladi?

H225, H195 va H165 stellajlarda standart 5 ta, H135 stellajda 4 ta tokcha (pastkisi bilan). Pastkisidan boshqasini olib tashlash yoki yana 5 tagacha qo'shish mumkin.

Qaysi ranglarda bor?

35/30 va 40/35 tizimlarida Nam Asfalt, Yorqin Oq va Premium Two Tone; 40/35 tizimining L90, L100 va L120 stellajlari Natural Wood Tone rangida ham bor. 30/30 tizimi — Yorqin Oq.

Devorimga nechta stellaj sig'adi?

Qator uzunligi — stellajlar uzunligi (L) yig'indisi + 3 sm. Devor uzunligini «Bepul 2D/3D Loyiha» sahifasida yozing — qaysi uzunliklar sig'ishini hisoblab beramiz.

Yetkazib berish va o'rnatish bormi?

Ha. O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz. Toshkentga 10 komplektdan ko'p, viloyatlarga 20 komplektdan ko'p buyurtmada yetkazib berish bepul. Undan kam bo'lsa — Toshkentda 150,000 so'mgacha, viloyatlarga 500,000 so'mgacha: aniq narxni menejer manzil va buyurtmaga qarab aytadi. 20 komplektdan ko'p buyurtmada o'rnatish ham bepul.

Kafolat bormi?

Ha, stellajlarning yuk ko'tarish qobiliyatiga 12 oy kafolat beriladi. Shartlari — «Kafolat Talonini Tekshirish» sahifasida.

Stellajni o'zim yig'a olamanmi?

Ha, stellajlar konstruktor kabi yig'iladi — har kim bir kunda yig'a oladi. Toshkent va Samarqandda o'rnatish xizmati ham bor.

Namunalarni qayerda ko'rish mumkin?

Ko'rgazma zallari manzili: Toshkent, Zangiota, Tariqteshar, Erkin Savdo Majmuasi 10/12, KingRax; Samarqand, Kimyogarlar, Superbam, Narpay Ko'chasi, KingRax. Ish vaqti — har kuni 09:00–18:00, telefon va Telegram — 24/7.

Suratlar

Nam Asfalt rangli devor bo'ylab stellajlar: har tokchada yashil narxgich Nam Asfalt rangli devor bo'ylab stellajlar, qizil narxgichlar bilan Teshikli orqa panelli devor bo'ylab stellajlar: Nam Asfalt rangi, qizil narxgichlar Bo'sh do'kon zali: devorlar bo'ylab Yorqin Oq rangli stellajlar, qizil narxgichlar bilan Nam Asfalt rangli devor bo'ylab stellaj: chapda yashil narxgichli tokchalar, o'ngda relsda ilgichli tokchalar Nam Asfalt rangli devor bo'ylab stellajlar, qizil narxgichlar bilan; o'ngda setka panelli stellaj