+998 77 131-24-44 24/7
KingRax Maqolalar Do'kon zalini zonalarga bo'lish: qaysi tovar qayerda turadi

Do'kon zalini zonalarga bo'lish: qaysi tovar qayerda turadi

Do'kon zali odatda beshta zonaga bo'linadi. Har birining o'z vazifasi va o'z jihozi bor:

Jalol Murad, KingRax Bosh Menejeri 13.11.2026
ZonaNima qo'yiladiJihoz
KirishSavat va aravachalar, bo'sh joySavat, aravacha
KassaMayda, tez sotiladigan tovarKassa stoli
Devorlar bo'ylabKundalik va og'ir tovarDevor bo'ylab stellaj, H195
O'rtadagi qatorlarQadoqlangan tovar, guruhlar bo'yichaIkki tomonli stellaj, H135–H165
Qator uchlariAksiya, yangi va mavsumiy tovarBoshi-oxiri stellaji
Katta savdo zalida ikki tomonli stellajlar qatorlari: to'q kulrang ustunlar, oq panel va tokchalar
Katta savdo zalida ikki tomonli stellajlar qatorlari: to'q kulrang ustunlar, oq panel va tokchalar

1. Kirish

Eshikdan kirgan xaridor bir necha qadam davomida sekinlashib, zalga ko'z yugurtiradi — shu joyga qo'yilgan tovar ko'pincha e'tibordan chetda qoladi. Shuning uchun kirishda bo'sh joy qoldiriladi va savat hamda aravachalar qo'yiladi. Saytdagi kalkulyator ham old tomonda kirish va kassa uchun 1,5 m joy qoldiradi.

Savatlar — 98,000 so'mdan, aravachalar — 306,000 so'mdan. Qaysi biri qaysi do'konga mos: Kassa stoli, savat va aravacha.

2. Kassa

Kassa odatda chiqish yonida, kirish tomonda turadi. Ikki qismli dekorativ kassa stoli — L150 yoki L180, chuqurligi W110, balandligi H85: 5,145,000 – 6,125,000 so'm.

Navbatda turgan xaridor atrofga qaraydi, shuning uchun kassa yonida kichik va arzon tovar yaxshi sotiladi: saqich, batareya, mayda shirinlik. Ularni pastroq stellajga yoki qator uchidagi yon setkaga ilgich bilan osish mumkin.

3. Devorlar bo'ylab

Devor bo'ylab stellajlar zal ko'rinishini to'smaydi, shuning uchun ular eng baland — H195 yoki H225. Bu yerga kundalik tovar va og'ir qadoqlar qo'yiladi. Ko'p do'konlarda eng ko'p so'raladigan tovar (non, sut, ichimlik) zalning orqa qismida turadi: xaridor unga borguncha boshqa tovarlarni ham ko'rib o'tadi.

Orqa burchaklarga ichki burchak stellaji qo'yiladi — u har devor bo'ylab 75 sm joy oladi va tovar burchakda uzilmaydi: Ichki burchak stellaji.

4. O'rtadagi qatorlar

Zal o'rtasiga ikki tomonli stellajlar qator qilib qo'yiladi. Ularni pastroq (H135 yoki H165) olsangiz, kassadan butun zal ko'rinib turadi, xaridor esa devordagi tovarni ham ko'radi.

  • Guruhlab qo'ying: bir-biri bilan olinadigan tovar yonma-yon — choy shakar va shirinlik yonida.
  • Og'ir tovar — pastki tokchada, eng ko'p sotiladigani — ko'z va qo'l balandligida.
  • Yo'lak maydonga qarab: 50 m² gacha — taxminan 110 sm, 100 m² gacha — 125 sm. Batafsil: Do'kon yo'laklari qancha keng bo'lishi kerak.

5. Qator uchlari

Qatorning uchi asosiy yo'lakdan ko'rinadi — xaridor qatorga kirmasdan uni ko'radi. Bu yerga boshi-oxiri stellaji qo'yiladi va unga aksiya, yangi va mavsumiy tovar teriladi: Boshi-oxiri stellaji. Qatorning ochiq yon tomoniga yon setka qo'yib, ilgichda mayda tovar osish mumkin.

Misol: 10 × 8 metrli do'kon

Kirishdan orqa devorgacha 10 m, eni 8 m (80 m²), yo'laklar — 125 sm. Kalkulyator qoidasi bilan: orqa devorda 6 ta stellaj, har bir yon devorda 7 ta, o'rtada ikki qator — har birida 6 ta ikki tomonli stellaj, orqa burchaklarda 2 ta ichki burchak stellaji.

10 × 8 metrli do'kon rejasi: devorlar bo'ylab stellajlar, o'rtada ikkita ikki tomonli qator, pastda kirish Shu o'lcham bilan hisoblash

Zonalar shu rejada:

  • Pastda, old tomonda — kirish, savat va aravachalar, kassa.
  • Orqa devor — eng ko'p so'raladigan kundalik tovar.
  • Yon devorlar — og'ir qadoqlar, ichimlik, maishiy kimyo.
  • O'rtadagi qatorlar — qadoqlangan oziq-ovqat, guruhlar bo'yicha.
  • Qatorlarning kirish tomondagi uchlari — aksiya va mavsumiy tovar.

Keyingi qadam

Xona o'lchamini yuboring — bepul 2D/3D loyihada stellajlar joylashuvi va narxini hisoblab beramiz. Do'kon turiga qarab tayyor to'plamlar: Kompleks Yechimlar; savat, aravacha va kassa stollari: Savdo va Ombor Uskunalari.

Foydali maqolalar

Barcha maqolalar

Metall stellajlar narxi

H — balandlik, L — uzunlik, W — kenglik, D — tokcha chuqurligi; o'lchamlar santimetrda.

Taxminiy hisob

Devor yoki qator uzunligini yozing — qaysi stellajlar sig'adi va narxi darhol chiqadi. Xona o'lchamidan taxminiy joylashuvni ham ko'rish mumkin.

Bepul 2D/3D Loyiha So'rov qoldirish