+998 77 131-24-44 24/7
KingRax Maqolalar Minimarket uchun nechta stellaj kerak: maydondan hisoblash

Minimarket uchun nechta stellaj kerak: maydondan hisoblash

20, 48 va 96 m² minimarket uchun nechta devor bo'ylab va ikki tomonli stellaj kerak: hisoblash tartibi, yo'laklar va taxminiy narx bitta jadvalda.

Jalol Murad, KingRax Bosh Menejeri 13.11.2026

Qisqa javob

XonaDevor bo'ylabIkki tomonliIchki burchakTaxminiy narx
5 × 4 m (20 m²)8 ta2 ta2 ta≈ 15,9 mln so'm
8 × 6 m (48 m²)14 ta10 ta2 ta≈ 39,9 mln so'm
12 × 8 m (96 m²)24 ta16 ta2 ta≈ 63,9 mln so'm

Hisob: 35/30 tizimi, devor bo'ylab stellajlar H195, ikki tomonli stellajlar H165, kirish va kassa uchun old tomonda 1,5 m bo'sh joy, har qatorga bitta qo'shimcha ustun. Narxlar 2026-yil 13-noyabr holatiga, so'mda.

Yorqin Oq rangli ikki tomonli stellajlar, qizil narxgichlar bilan
Yorqin Oq rangli ikki tomonli stellajlar, qizil narxgichlar bilan

Qanday hisoblanadi

  1. Orqa devor. Ikki orqa burchakka ichki burchak stellaji qo'yiladi — u har devor bo'ylab 75 sm joy oladi. Qolgan uzunlikka devor bo'ylab stellajlar teriladi.
  2. Yon devorlar. Orqa burchakdan old tomondagi 1,5 m gacha bo'lgan uzunlik stellajlar bilan to'ldiriladi.
  3. O'rtadagi qatorlar. Ikki tomonli stellaj 35/30 tizimida polda 80 sm joy oladi. Qatorlar orasidagi va devor bilan qator orasidagi yo'lak maydonga qarab tanlanadi: 20–50 m² da taxminan 110 sm, 50–100 m² da 125 sm.
  4. Qatorni terish. Har stellajning uzunligi (L) 50–120 sm, qator uzunligi — L lar yig'indisi va oxirgi ustun (3 sm). Avval 120, 100 va 90 sm li stellajlar olinadi, sig'masa — 80 va 70, keyin 60 va 50 sm li.

Misol: 8 × 6 m minimarket

  • Orqa devor (6 m): burchaklar uchun 2 × 75 sm, qolgan 4,5 m ga 4 ta stellaj — L120, L120, L100, L100.
  • Har bir yon devor: 5 ta stellaj — L120 × 4 va L90.
  • O'rtada: 2 ta ikki tomonli qator, har birida 5 ta stellaj — L120, L100 va L90 × 3; yo'laklar 110 sm atrofida.

Jami 14 ta devor bo'ylab, 10 ta ikki tomonli va 2 ta ichki burchak stellaji.

8 × 6 metrli minimarket rejasi: devorlar bo'ylab stellajlar, o'rtada ikkita ikki tomonli qator, pastda kirish Shu o'lcham bilan hisoblash

Pulni qayerda tejash mumkin

  • Uzun stellaj — arzonroq metr. H195 devor bo'ylab stellajda 1 metr qator L120 stellajlardan taxminan 1,07 mln so'm, L50 stellajlardan esa taxminan 1,96 mln so'm turadi. Qatorni iloji boricha L120, L100 va L90 bilan tering.
  • Balandlik. Kassa ko'rinib turishi kerak bo'lsa, o'rtadagi qatorlarni pastroq (H165 yoki H135) oling.
  • Tokcha qo'shish. Bitta stellajga 5 tagacha qo'shimcha tokcha qo'yish mumkin — yangi stellaj olishdan arzon.

Yo'laklarni unutmang

Juda tor yo'lak xaridorni do'kondan chiqarib yuboradi. Maydonga qarab tavsiya etilgan kengliklar: Do'kon yo'laklari qancha keng bo'lishi kerak.

O'z xonangiz uchun hisoblang

Xona uzunligi va kengligini Bepul 2D/3D Loyiha sahifasidagi kalkulyatorga yozing — stellajlar soni, taxminiy reja va narx darhol chiqadi. Tayyor misollar: Minimarket uchun stellajlar. Stellajlar: devor bo'ylab va ikki tomonli. Kichikroq xonalar uchun: Kichik do'kon uchun stellaj rejasi.

Foydali maqolalar

Barcha maqolalar

Metall stellajlar narxi

H — balandlik, L — uzunlik, W — kenglik, D — tokcha chuqurligi; o'lchamlar santimetrda.

Taxminiy hisob

Devor yoki qator uzunligini yozing — qaysi stellajlar sig'adi va narxi darhol chiqadi. Xona o'lchamidan taxminiy joylashuvni ham ko'rish mumkin.

Bepul 2D/3D Loyiha So'rov qoldirish